Evropa Ittifoqi Rossiyaning Sputnik V vaksinasini ro`yxatdan o`tkazadi

Evropa dorilar agentligi (EMA) Ittifoq hududida Rossiyaning Sputnik V vaksinasini ro`yxatdan o`tkazishga ruxsat berdi: ushbu dori bo`yicha ilmiy tavsiyalar tugallandi. Bu haqda lenta.ru yozmoqda. 

EMA hali ham Evropa bozorlari uchun Sputnik Vni tasdiqlash uchun ariza kutmoqda. Agentlik suhbatdoshining so`zlariga ko`ra, ushbu bosqichda tasdiqlash qancha vaqt ketishini aniq aytish mumkin emas. Ta`kidlanishicha, EMA tomonidan tasdiqlanishidan oldin ham Evropa Ittifoqi Rossiya dori vositasini markazlashgan holda sotib olishga kelishib olgan.

Sputnik V inson adenovirusiga asoslangan dunyodagi birinchi ro`yxatdan o`tgan vaksinaga aylandi. Hozirgi vaqtda rus olimlari tomonidan yaratilgan mazkur vaksina Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) ro`yxatidagi eng yaxshi vaksinaga da`vogarlar o`ntaligiga kiradi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring