Erdo‘g‘on: “Agar Putin biror narsani o‘ylab topsa, buni amalga oshiradi”

Rossiya yetakchisi Vladimir Putin “biror narsani o‘ylab topgan bo‘lsa, buni amalga oshiradi”, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya prezidentining ozod qilingan hududlarda referendum o‘tkazish rejalarini sharhlar ekan.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, o‘tkazilgan referendumlar haqida gapirar ekan, Turkiya rahbari bu hududlar Rossiya tarkibiga kirishidan xavotir bildirdi.

"Bu sodir bo‘lishi mumkin, chunki men bilgan janob Putin, agar uning xayolida nimadir bo‘lsa, buni amalga oshiradi", - dedi Erdo‘g‘on.

Реклама на Unews

 

U, shuningdek, mamlakatlar rahbarlari “bu masalani yetib kelgan nuqtada” qoldirib, diplomatiyaga o‘tishlariga umid bildirdi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring