BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Eng yuqori ball to`plagan abiturientlarning 200 nafari Prezident grantiga da`vogar bo`ladimi? DTM tushuntirish berdi

Prezident granti joriy etish haqidagi qarorda davlat OTMlari bakalavriatining kunduzgi ta`lim shakliga kirish imtihonlari natijalariga ko`ra, ta`lim sohalari kesimida, eng yuqori ball to`plagan abiturientlarning 200 nafari Prezident grantiga da`vogar bo`ladi deyilgan.

Shu qarorda yana bitta band bor: Prezident granti uchun ajratilgan kvotaning ta`lim sohalari bo`yicha taqsimoti har yili Davlat qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Ya`ni 200 ta kvota ta`lim sohalariga bo`lib yuboriladi. Agar bunday qilinmasa, 200 ta kvotaning deyarli hammasi huquq, tibbiyot, iqtisod kabi sohalarga nasib qiladi va ayrim sohalarda bittayam Prezident granti oladigan talaba bo`lmaydi.

Shu sababli, Davlat qabul komissiyasining qarori bilan 25 ta ta`lim sohasining har biriga teng 8 tadan kvota ajratilgan.

Lekin joriy yilda Prezident granti olgan talabalar soni jami 257 nafarni tashkil etgan. Nimaga? Chunki qoida bo`yicha sakkizinchi o`rinda turgan abiturient bilan bir xil ball to`plagan barcha abiturientlarga Prezident granti beriladi. Masalan, huquq sohasida 26 nafar abiturient 189 ball to`plagan. Ularning ichidan faqat 8 tasini tanlab olishning iloji yo`q. Shu sababli 26 nafarning barchasiga Prezident granti berilgan.

“O`zbekneftgaz”: Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi hamkorligida kadrlarning malakasi oshirilmoqda Joriy yilning 27 oktyabr kuni “O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev Sankt-Peterburgga qilgan safari chog`ida “Gazprom” Boshqaruvi raisi Aleksey Miller bilan uchrashgan edi. Bu haqda “O`zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati xabar bermoqda. Uchrashuv chog`ida hamkorlikda konlardan gaz qazib olish bo`yicha amalga oshirilayotgan qo`shma loyihalarni muhokama qilish qatorida “O`zbekneftgaz” AJ tizimidagi xodimlarni so`nggi bir necha yil mobaynida malakasini oshirish sohasida muvaffaqiyatli hamkorlik yo`lga qo`yilgani qayd etildi va joriy yilda ikkala kompaniya kadrlarini tayyorlash va rivojlantirishga yanada e`tibor qaratishga urg`u berildi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Rossiya Federasiyasiga 2017 yil 4–5 aprel kunlari amalga oshirgan Davlat tashrifi davomida “O`zbekneftgaz” AJ va “Gazprom” AJ o`rtasida “Kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash sohasidagi hamkorlik to`g`risida” memorandum bu boradagi aloqalarning asosi hisoblanadi. Mazkur memorandumga muvofiq, “O`zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaevning topshirig`i bilan xodimlarning malakasi va bilimlarini oshirish maqsadida “Gazprom korporativ instituti” tomonidan o`quv kurslari tashkil etilmoqda. Joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida o`tkazilgan navbatdagi “Neft va gaz konlarini razvedkasi va qidiruvining zamonaviy usullari va texnologiyalari”, “Murakkab tog`-geologik, texnologik sharoitda quduqlarni burg`ilash va loyihalashtirish” va “Murakkab geologik tuzilishga ega bo`lgan va foydalanishi murakkab konlardan uglevodorod xomashyosini qazib olish” o`quv kurslarida 60 nafar mutaxassislar o`qitildi. Shuni alohida ta`kidlash mumkinki, hamkorlik rishtalari natijasida 2021 yilning shu davriga qadar neft-gaz sohasining 7 ta ustivor yo`nalishlari bo`yicha jami 140 nafar xodim o`qitilishga erishildi. Ma`lumot uchun: 2017 yilda “Gazprom” va “O`zbekneftgaz” o`rtasida strategik hamkorlik to`g`risidagi bitim imzolangan. 2018 yilning may oyida “Gazprom” va “O`zbekneftgaz” o`rtasida “Shaxpaxta” konini o`zlashtirish bo`yicha Mahsulotni taqsimlash to`g`risidagi №2 bitimga asosan qo`shimcha kelishuv imzolangan edi. Hujjatda gazni qazib olish 2024 yilgacha davom ettirish nazarda tutilgan. O`zbekistonda “Gazprom”ning faoliyatini “Gazprom EP International B.V.” – “Gazprom” AJning uglevodorod konlarini qidirish, qidirish va o`zlashtirish sohasida xorijiy loyihalarni amalga oshirish bo`yicha ixtisoslashgan kompaniyasi amalga oshiradi. 2018 yilning oktyabr oyida “Gazprom EP International” va O`zbekiston Respublikasi energetika vazirligi o`rtasida “Jel” koni bo`yicha Mahsulotni taqsimlash to`g`risidagi bitim imzolangan.

Fikr qoldiring