Eng yuqori ball to`plagan abiturientlarning 200 nafari Prezident grantiga da`vogar bo`ladimi? DTM tushuntirish berdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Prezident granti joriy etish haqidagi qarorda davlat OTMlari bakalavriatining kunduzgi ta`lim shakliga kirish imtihonlari natijalariga ko`ra, ta`lim sohalari kesimida, eng yuqori ball to`plagan abiturientlarning 200 nafari Prezident grantiga da`vogar bo`ladi deyilgan.

Shu qarorda yana bitta band bor: Prezident granti uchun ajratilgan kvotaning ta`lim sohalari bo`yicha taqsimoti har yili Davlat qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Ya`ni 200 ta kvota ta`lim sohalariga bo`lib yuboriladi. Agar bunday qilinmasa, 200 ta kvotaning deyarli hammasi huquq, tibbiyot, iqtisod kabi sohalarga nasib qiladi va ayrim sohalarda bittayam Prezident granti oladigan talaba bo`lmaydi.

Реклама на Unews

Shu sababli, Davlat qabul komissiyasining qarori bilan 25 ta ta`lim sohasining har biriga teng 8 tadan kvota ajratilgan.

Lekin joriy yilda Prezident granti olgan talabalar soni jami 257 nafarni tashkil etgan. Nimaga? Chunki qoida bo`yicha sakkizinchi o`rinda turgan abiturient bilan bir xil ball to`plagan barcha abiturientlarga Prezident granti beriladi. Masalan, huquq sohasida 26 nafar abiturient 189 ball to`plagan. Ularning ichidan faqat 8 tasini tanlab olishning iloji yo`q. Shu sababli 26 nafarning barchasiga Prezident granti berilgan.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий