Ekstremizm uchun qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi

Rossiyaning Moskva shahrida Vatanida ekstremizm va jamoat xavfsizligiga tahdid solgani uchun qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bu haqda TASS xabar berdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

“Yo‘l-patrul xizmati xodimlari Smolenskaya ko‘chasida O‘zbekiston fuqarosi boshqargan avtomashinani to‘xtatganlar. Ma’lum bo‘lishicha, Samarqandda unga nisbatan jamoat xavfiga tahdid soluvchi materiallarni tayyorlash va tarqatish, diniy ekstremistik tashkilotda qatnashish bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan”, deyiladi xabarda.

Hozirda Samarqand Ichki ishlar boshqarmasiga qonunbuzar ushlangani va hibsda saqlanayotgani haqida xabar berilgan.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring