DXR va LXR Donbassdagi Ukraina qo`shinlarining pozisiyalariga qarshi hujum boshladi

O`zini o`zi respublika deb e`lon qilgan Lugansk xalq respublikasining xalq milisiya bo`linmalari Luganskdan 30 kilometr uzoqlikda joylashgan va Kiev nazorati ostidagi Schaste shahriga hujum uyushtirdi. Bu haqda LXR Ichki ishlar vazirligi rahbari maslahatchisi Vitaliy Kiselyovga tayanib, «Interfaks» xabar berdi.

Shu bilan birga, Donesk xalq respublikasi kuchlari butun o`zaro aloqa chizig`i bo`ylab Ukraina armiyasining pozisiyalariga hujum qilmoqda, dedi agentlikka DXR xalq milisiyasi vakili Eduard Basurin.

"DXR qo`shinlari o`zlarida mavjud bo`lgan barcha yo`q qilish vositalaridan foydalangan holda, butun aloqa chizig`i bo`ylab Ukraina Qurolli kuchlari pozisiyalariga hujum qilmoqda", — dedi u.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring