Dunyoda 15 milliondan ortiq kishi koronavirus yuqtirib oldi

Butun dunyo bo‘ylab COVID-19 koronavirusiga oid statistik ma’lumotlarni real vaqt rejimida berib boradigan Jon Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 15 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. 18 iyulda bu ko‘rsatkich 14 milliondan, 14 iyulda 13 milliondan, 9 iyulda 12 milliondan va 4 iyulda 11 milliondan oshdi. Pandemiya boshlangandan beri 617 832 kishi vafot etgan, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Infeksiyalanganlar soni bo‘yicha yetakchilar:

  • AQSh - 3,92 million;
  • Braziliya - 2,2 million;
  • Hindiston - 1,2 million;
  • Rossiya - 787,9 ming;
  • Janubiy Afrika - 394,9 ming. 

Koronavirusdan o‘lim soni bo‘yicha AQSh (143,2 ming), Braziliya (82,7 ming), Buyuk Britaniya (45,5 ming), Meksika (41,2 ming) va Italiya (35 ming) yetakchilik qilmoqda.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) yaqinda dunyoda kuniga bir necha marta bu kasallikka chalinganlar soni bo‘yicha antirekord qayd etdi. Shunga qaramay, tobora ko‘proq davlatlar karantin cheklovlaridan voz kechmoqda.

23 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18531 nafarni tashkil etmoqda. Shu vaqtga qadar 99 kishining vafot etgani rasman tasdiqlandi. 9872 nafar bemor davolangan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


1 ta fikr

Fikr qoldiring
  1. 03-10-2020 насиба

    Кароновирус клиникаси хам давоси факат оллохга айен бандаси ожиз узини асраганни оллох хам асрайди касалларга оллохни узи шифо берсин

    Javob yozish

Fikr qoldiring

Barcha sharhlarni ko'rish