Dunyo bo`yicha koronavirusdan vafot etganlari soni 4,6 milliondan oshdi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni  225 million 680 mingdan ortiqni tashkil etmoqda,  shundan 4 million 644 mingdan ziyod kishi vafot etgan (15.09.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 16:34 holatiga ko`ra).  Bu haqda O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi  Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 501 419 yangi holati aniqlandi.

️7 316 nafar bemor vafot etdi.

Реклама на Unews

Jons Xopkins universitetining hozirgi (16.09.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 12:21 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni  226 million 441 mingdan ortiq odam yuqtirgan,  ulardan 4 million 661 mingdan ortig`i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha:

  • AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 41,066 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.  
  • ikkinchi o`rinda Hindiston (33,316 milliondan ortiq),  
  • uchinchi o`rinda Braziliya (21,006 milliondan ortiq),
  • to`rtinchi o`rinda Buyuk Britaniya (7,282 milliondan ortiq),
  • beshinchi o`rinda esa Rossiya (7,194 milliondan ortiq).

 

Реклама на Unews

Jons Xopkins universitetining hozirgi ma`lumotlariga ko`ra, dunyo bo`yicha koronavirusga qarshi 5 milliard 788 milliondan ortiq doza vaksina qo`llanilgan.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring