Donald Tramp: «Politsiyamizga ajoyib insonlar kerak»

Bugun, 16-iyun kuni AQSh prezidenti Donald Tramp politsiyani isloh qilishga qaratilgan farmonga imzo chekishi kutilyapti, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Oq uydagi uchrashuvda jurnalistlar Trampdan hukumat islohotlarni qachon o‘tkazishini so‘rashdi.

«Men uni (farmonni imzolashni nazarda tutyapti) ertaga (16 iyun) asrab qo‘ydim. Biz bir necha yechimlarni taklif etyapmiz, bizning politsiyamizga ajoyib insonlar kerak», — dedi Donald Tramp.

Реклама на Unews

Tramp tushuntirishicha, bu hujjatda adolat va xavfsizlik masalalariga urg‘u berilgan. Kongress bu islohotlarni ma’qullaydimi — yo‘qmi, AQSh prezidenti aniqlik kiritmagan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring