Demi Mur moda namoyishidagi tashqi qiyofasi bilan muxlislarini “shokka” tushirdi (foto)

“Fendi” moda uyining namoyishini ochib bergan taniqli amerikalik aktrisa Demi Mur muxlislarni tashqi qiyofasi bilan ajablantirdi, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Parij moda haftaligi doirasidagi ishtiroki aks etgan videoni yulduz o‘z Instagram sahifasida e’lon qildi.

"O‘smirlikdagi orzum amalga oshdi. “Fendi SS21”ni ochib berganim uchun Kim Jonsga rahmat! Chiroyli va maftunkor debyut bilan tabriklayman", deb yozgan Mur.

Реклама на Unews

Demi Mur moda namoyishidagi tashqi qiyofasi bilan muxlislarini “shokka” tushirdi (foto)

Biroq muxlislar e’tiborini shouning o‘zi emas, balki yulduzning yuzi jalb qilgan. Ular Demi muvaffaqiyatsiz plastik jarrohlik operasiyasini o‘tkazgani bois butunlay boshqa qiyofaga kirgan, deb taxmin qilishgan.

"Bu haqiqatan ham Demi Murmi... Uni tanib bo‘lmay qolipti", "Afsuski, lekin u ham yuzini o‘zgartirib yuborganga o‘xshaydi", "Demining yuziga nima bo‘ldi?", "Sizga bunday ulkan yonoq nega kerak?" deya izohlar qoldirishgan foydalanuvchilar.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring