Braziliyadagi suv toshqinlari 6 kishining hayotiga zomin bo`ldi

Braziliyaning mamlakat janubi-sharqidagi Petropolis shahrida kuchli yomg`ir sabab bo`lgan suv toshqinlari oqibatida kamida olti kishi halok bo`ldi. Bu haqda mintaqaviy rivojlanish vaziri Rojeri Marinyo o`zining Twitter`dagi sahifasida ma`lum qildi.

"Petropolisda olti kishi halok bo`lganidan afsusdamiz. Shahar kuchli yomg`ir oqibatlarini boshdan kechirdi: so`nggi to`rt soat ichida 200 mm dan ortiq yomg`ir yog`di, bu daryolarning toshib ketishiga olib keldi. Ko`chkilar 52 joyda sodir bo`ldi”, - degan u.

Globo telekanali ma`lumotlariga ko`ra, shaharda yomg`ir boshlanganidan beri olti soat ichida bir oydan ortiq yog`ingarchilik kuzatilgan. Telekanalda namoyish etilgan kadrlarda suv bosgan ko`chalar, maydonlar va turar-joy binolari hovlilari aks etgan.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring