BMT: 130 davlatga haligacha vaksina yetib bormadi

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish dunyoda koronavirus vaksinasining taqsimoti teng va adolatli emasligini tanqid qildi, deya xabar bermoqda Deutsche Welle, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Guterrishning aytishicha, shu paytgacha ishlab chiqarilgan dozalarning 75 foizi atigi 10 ta mamlakatga yuborilgan, dunyoning 130 mamlakatiga esa hali vaksina umuman yetib borgani yo‘q. “Vaksina taqsimotida tenglikning ta’minlanishi xalqaro hamjamiyat oldidagi eng katta axloqiy imtihondir”, – dedi BMT rahbari. 

Antoniu Guterrish rivojlangan davlatlarga murojaat qilib, global miqyosda vaksina kampaniyasi o‘tkazilishini so‘radi. Uning fikricha, G20 davlatlari bunday kampaniyani rejalashtirishi, amalga oshirishi va moliyalashtirishi mumkin, global vaksina strategiyasining ishlab chiqishi rivojlangan davlatlarning o‘zi uchun ham foydali bo‘ladi. 

Реклама на Unews

“Dunyoning janubida virus yashin tezligida tarqalaversa, u muntazam ravishda mutasiyaga uchrayveradi. Yangi variantlar yanada tezroq yuqishi va yanada halokatli bo‘lishi, mavjud vaksinalarning samaradorligiga salbiy ta’sir qilishi mumkin”, – dedi Guterrish.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring