Argentinada vahimali zilzila sodir bo‘ldi

Argentinaning San-Xuan viloyatida 6,4  balli zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda "Tiempo de San Juan" ma’lumot bergan, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Zilzila natijasida butun hudud bo‘ylab elektr uzilgan, mahalliy aholi kuchli vahima ta’sirida uylaridan qochib ketgan, yo‘llarda katta yoriqlar paydo bo‘lgan.

Hodisa bugun, 19 yanvar kuni yarim tunda (Toshkent vaqti bilan soat 08:00da) sodir bo‘lgan. 

Реклама на Unews

Zilzila epitsentri Media-Agua shahrida 128 km chuqurlikda joylashgan. 

Manbada yozilishicha, kuchsizroq silkinishlar dastlabki zilziladan 20 daqiqa o‘tgach ham davom etgan, ular, ayniqsa, Kordova va Buenos-Ayresda sezilgan.

Zilzila natijasida jarohatlanganlar va halok bo‘lganlar haqida ma’lumotlar ochiqlanmagan. 

Реклама на Unews

Ma’lumot o‘rnida, 1940 yillarning o‘rtalarida ham Argentinaning aynan shu hududida kuchli zilzila sodir bo‘lgan, natijada 10 ming kishi vafot etgan.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring