AQShliklar Trampning sud qilinishini xohlashmoqda

Kamida 56 foiz amerikaliklar Senatda AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga qarshi sud jarayonini, shuningdek Trampning kelajakda biron bir davlat lavozimida ishlashiga taqiq qo‘yilishini qo‘llab-quvvatlamoqda, deb yozadi RIA Novosti ABC News tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga asoslanib, deb yozmoqda "Aniq.uz" nashri.

Respondentlarning 56 foizi sobiq prezident Tramp sudlanishi va davlat lavozimlarida ishlash imkoniyatidan mahrum etilishi kerak, deb hisoblaydi. Shu bilan birga, 43 foizi bunga qarshi chiqdi.

So‘rov natijalariga ko‘ra respublikachilarning 15 foizi sobiq prezidentga qarshi ayblovlarni qo‘llab-quvvatlamoqda. Demokratlar orasida qo‘llab-quvvatlash ancha yuqori – 92%.

Реклама на Unews

ABC News so‘rovi Ipsos tadqiqot kompaniyasi bilan birgalikda 2021 yil 5-6 fevral kunlari o‘tkazildi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring