AQShda rekord darajadagi g`ayrioddiy sovuq va qor sabab millionlab aholi elektrsiz qoldi

Qo`shma Shtatlarning janubiy shtatlaridagi millionlab aholi g`ayrioddiy sovuq ob-havo tufayli elektrsiz qoldi, eng ko`p Texas shtati zarar ko`rdi. Bu haqda interfax yozdi.

Mamlakatdagi elektr ta`minotidagi uzilishlarni kuzatib boradigan poweroutage.us saytiga ko`ra, hozirda 4 milliondan ortiq kishi elektr energiyasiz, shundan 3,6 milliondan ortig`i Texasda.

Ob-havo 400 ming dozali COVID-19 vaksinasini etkazib berishni to`xtatdi va ularning kelishini kamida chorshanba kunigacha qoldirdi.

Реклама на Unews

FlightAware ma`lumotlariga ko`ra, mamlakat bo`ylab uch mingdan ortiq reyslar kechiktirildi, ularning yarmidan ko`pi Texasda. Xyustonda rasmiylarning aytishicha, Bush aeroportidagi uchish-qo`nish yo`lagi kamida seshanba kunigacha yopiq bo`ladi.

Dushanba kuni Amerikaning 24 shahrida havo harorati rekord darajaga tushib ketdi, deya xabar beradi AQSh Milliy ob-havo xizmati. 26 shtatdagi 150 milliondan ortiq amerikaliklar dushanba kuni ob-havo haqida ogohlantirish oldi.

Yakshanba kuni kechqurun AQSh prezidenti Jo Bayden Texasda 11 fevralda boshlangan qishki bo`ron tufayli favqulodda holat e`lon qildi.

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring