AQShda polisiya tomonidan odam o‘ldirilishi ortidan yana norozilik namoyishlari boshlandi

Amerikaning Minnesotadagi Minneapolis shahrida polisiya bir erkakni otib tashlaganidan keyin o‘z-o‘zidan norozilik namoyishlari boshlandi, deb xabar bermoqda “Fox News”.

Shahar polisiya bo‘limining bayonotiga ko‘ra, erkak 30 dekabr kuni huquq-tartibot idoralari xodimlari mashinani tekshirmoqchi bo‘lishgan paytda sodir bo‘lgan otishmada o‘ldirilgan. Aytilishicha, gumonlanuvchi birinchi bo‘lib o‘t ochgan va buning evaziga o‘q uzilgan.

Ta’kidlanishicha, marhum shahardagi yoqilg‘i quyish shoxobchalarining birida jiddiy noqonuniy xatti-harakatni sodir etganlikda gumon qilingan, bu tekshiruv uchun sabab bo‘lgan.

Реклама на Unews

Otishma sodir bo‘lganidan ko‘p o‘tmay, voqea joyida 100 ga yaqin namoyishchilar to‘planib, polisiya xodimlarini haqorat qilishgan va ularga qor to‘plarini uloqtirishgan.

“Ushbu hodisa rasmiylar o‘rtasida afroamerikalik Jorj Floyd o‘ldirilganidan keyin yuz bergan voqealar takrorlanishiga sabab bo‘lishi mumkin degan qo‘rquvni keltirib chiqardi”, dedi telekanal.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring