AQShda havo rekord darajada sovib ketdi. Kamida 20 ta odam o`lgani aytilmoqda(foto)
2821 18-02-2021 0 DunyoAmerika Qo`shma Shtatlarida havo rekord darajada sovib ketdi. Qishki bo`ron va qalin qor oqibatida elektr tokida uzilishlar sodir bo`ldi, millionlab odamlar elektrsiz qoldi.
Mamlakatning rasmiy OAVlari kamida 20 ta o`lim holati qayd etilgani haqida xabar berdi. Ob-havoning keskin o`zgarishiAQShda olib borilayotgan COVID-19 ga qarshi emlash harakatlariga ham ta`sirini o`tkazdi.
AQSh milliy ob-havo xizmati havoning past darajasi va sodir bo`layotgan bo`ronlarning tez sur`atlarda kuchaygani kutilmagan holat ekanini ma`lum qildi.
Реклама на Unews
Chikagoda yarim metr (46 santimetr) qor yog`ishi maktab darslarini bekor qilinishiga sabab bo`ldi.
Elektr uzilishlaridagi eng talofatli holatlar Texasda sodir bo`ldi, shtat hududida 4 milliondan ortiq uylar va korxonalar elektr tokisiz qoldi deb xabar berdi poweroutage.us.
Texas ma`muriyati 1000 dan ortiq odam uchun mo` 35 ta boshpana ochgan.
Реклама на Unews
Nebraska shtatidagi bir kecha-kunduzda harorat minus 30 S bo`ldi, bu 25 yil ichidagi eng sovuq ko`rsatkich.
Bir qancha shtatlarning ma`murlari muzli yo`llardagi avtohalokatlar sabab, o`lim holatlari ko`paygani haqida xabar berdi.
G`arbiy Tennesi shtatida esa, 10 yoshli bola muz bilan qoplangan suv havzasiga tushib, vafot etdi.
Rekord darajadagi eng past havo ko`rsatkichlari quyidagi shtatlarda qayd etildi: Minnesota shtatida minus -39 darajani, Janubiy Dakotada minus -26S gacha tushdi.
Havo yo`l qatnovlariga ham ta`sir ko`rsatdi. Jumladan, yarim kunning o`zidayoq AQShning 2700 dan ortiq reyslari bekor qilindi.
Risolat MAXSIMOVA tayyorladi
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.