AQSh da yana tartibsizliklar boshlandi! Yana bor qora tanli shahs otib o'ldirildi!

AQShning Atlanta shtatida (Jorjiya shtati) 27 yoshli qora tanli erkak politsiyaning qattiqqo‘l harakatlari sababli halok bo‘ldi. Shundan keyin shaharda politsiya tizimiga qarshi noroziliklar boshlangan. Bu haqida "Kun" nashri xabar bermoqda. 

Namoyishchilar shahar politsiyasi boshlig‘ining iste'fosini talab qilishgan. 

Ma'lum qilinishicha, qora tanli Reyshard Bruks mahalliy qahvaxona yonida o‘z mashinasida uxlab qolgan va boshqa transport vositalari yo‘lini to‘sib qo‘ygan. Voqea joyiga chaqirtirilgan politsiyachilar Bruksni mastlikka tekshirishayotganda u politsiyachilarning biridan elektroshokerni tortib olib, qochmoqchi bo‘lgan. Bruksni ushlash vaqtida unga o‘q uzilgan. Shundan keyin afroamerikalik jarohat olib, shifoxonada jarrohlik operatsiyasidan keyin vafot etgan.

Реклама на Unews

Atlanta politsiyasi boshlig‘i Erika Shilds voqeadan keyin iste'foga chiqdi. 

“Men bu qurolning oqilani qo‘llanishi bo‘lgan, deb ishonmayman va shu sababli zobitni darhol iste'foga chiqishga chaqirdim”, deb aytgan Atlanta meri Keysha Lens Bottoms. Uning ta'kidlashicha, Shilds o‘z ixtiyori bilan iste'foga chiqqan. Mer ushbu voqeaning va politsiya tomonidan kuch qo‘llangan boshqa holatlarning batafsil tergovini o‘tkazishga chaqirgan.

Реклама на Unews

Ayni vaqtda voqea tergovi boshlangan.

Ushbu hodisa 20 kun ichida AQShda politsiya harakatidan afroamerikalik halok bo‘lishi bilan kechayotgan ikkinchi hodisadir. 25 may kuni Minneapolisda afroamerikalik Jorj Floyd politsiya tomonidan qo‘lga olinishi vaqtida halok bo‘lgandi. Ushbu hodisadan keyin AQShda politsiya zo‘ravonligiga qarshi norozilik namoyishlari boshlanib ketgandi.  

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring