Amerikalik jarrohlar ilk bor inson yuzi va ikkala qo‘lini ko‘chirishdi

AQShda jarrohlar tarixda birinchi marta bir vaqtda odam yuz terisi va ikki qo‘lini almashtirish bo‘yicha muvaffaqiyatli amaliyot o‘tkazishdi-deya xabar bermoqda UzA, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

A’zolari o‘zgartirilgan bemor yo‘l harakati hodisasi payti kuyish oqibatida jarohatlangan edi. Bu haqda “Associated Press” xabar bergan.

Nashr yozishicha, 2018 yil Nyu-Jersida istiqomat qiluvchi Jo Dimeo tungi navbatchilikdan uyiga qaytayotganda mashinasini boshqarayotib, ko‘zi ilingan. Oqibatda uning avtomobili temir to‘siqqa urilgan va ag‘darilib, yonib ketgan. Jabrlanuvchi tanasining 80 foizi kuygan.

Avtohalokatdan so‘ng Dimeo 4 oy kasalxonada yotdi va 20 ta jarrohlik amaliyotini boshidan kechirdi. Qo‘l barmoqlaridan judo bo‘ldi, yuzi va bo‘ynida harakatga, burilishga xalaqit beradigan chandiqlar qoldi. 2019 yilda shifokorlar vafot etgan donorning qo‘llari va yuzini Joga o‘rnatishga qaror qilishdi. 23 soat davom etgan operatsiya natijasida mijozga boshning soch qismi tugagan joyidan aylanasiga to bo‘yingacha bo‘lgan butun terini, burun suyaklarini, pastki jag‘ni almashtirishdi.

Реклама на Unews

Transplantatsiya amaliyotidan yarim yil o‘tib Dimeo yana imo-ishora qilish, qoshlarini qimirlatish, ajinlarini o‘ynatish, shuningdek mustaqil kiyinish, iti bilan hazillashish, hatto golf bilan shug‘ullanish baxtiga muyassar bo‘ldi. Faqat endi u to‘qimalar tortilishi va profilaktika maqsadida bir umr immunodepressant vositalari qabul qilishga majbur.

 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring