Nodirbek Abdusattorov kuchli raqib bilan durang o‘ynadi
810 20-02-2023 0 СпортИзвините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице
Germaniyaning Dyusseldorf shahrida o‘tkazilayotgan nufuzli “WR Chess Masters” turnirining 4-tur o‘yinlari ortda qoldi. O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov bu turda Hindiston vakili Praggnanandh bilan kuch sinashdi.
Oq donalarda harakat qilgan Abdusattorov yakunda kuchli raqibga qarshi o‘yinni durang bilan yakunladi.
Ortda qolgan to‘rrta turdan so‘ng, Abdusattorov 1 ta g‘alaba, 2 ta durang va 1 ta mag‘lubiyat bilan turnir jadvalida 6-pog‘onani egallab turibdi. U peshqadamdan 1 ochkogina ortda qolmoqda. To‘rt turdan so‘ng 3 ochko bilan hamon AQSH vakili Levon Aronyan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.
Реклама на Unews
Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.