Ipoteka bank koronavirus haqida asossiz xabar tarqatganlar ustidan arz qilmoqchi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Ipoteka bankning Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi filiallarida xodimlar o‘rtasida koronavirus tarqalgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi. Bank axborot xizmati ushbu xabarlarni rad etdi, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

«Ayrim kanallarda bankimizning Navoiy va Samarqand filiallarida xodimlarning koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha holatlar aniqlanganligi bo‘yicha asoslantirilmagan ma’lumotlar tarqatilmoqda.

Bizning filiallarimizda bunday holatlar aniqlanmagan.

Реклама на Unews

Barcha filiallar mijozlarga va aholiga karantin talablariga qat’iy rioya qilingan holda xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Bank to‘g‘risida asoslanmagan ma’lumotlar tarqatayotgan kanallar haqida tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz», — deyiladi xabarda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий