"Gaz zapravka"lar qachon odatiy ish tartibiga qaytishi ma`lum bo`ldi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

"Ob-havo harorati ko`tarilib, qulay sharoit paydo bo`lgach, respublikadagi barcha AGTKShlar odatdagi ish tartibida ishlay boshlashini ma`lum qilamiz" , deyiladi «O`ztransgaz» bayonotida.

O`zbekiston hududida ob-havo haroratining keskin pasayishi natijasida tabiiy gazning iste`mol hajmi keskin oshib borishi kuzatilgan. Shu sababli ijtimoiy ahamiyatga molik ob`ektlar va qozonxonalarni tabiiy gaz bilan uzluksiz ta`minlash maqsadida respublikadagi mulkchilik shaklidan qat`i nazar, har qanday ulgurji iste`molchilar, xususan, AGTKShlarga tabiiy gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatilgandi.

"Har bir viloyat hokimliklari bilan kelishilgan holda, ayrim AGTKShlar kunning ma`lum vaqtida 1 soatdan 3 soatgacha oraliqda uy-joy mulkdorlari shirkatlari, elektr ta`minoti korxonalari, obodonlashtirish boshqarmalari, aholiga propan to`ldirilgan gaz ballonlar etkazib beruvchi tashkilotlarning avtotransport vositalariga xizmat ko`rsatmoqda. Ob-havo harorati ko`tarilib, qulay sharoit paydo bo`lgach, respublikadagi barcha AGTKShlar odatdagi ish tartibida ishlay boshlashini ma`lum qilamiz" , deyiladi «O`ztransgaz» bayonotida. 

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий