Xitoy O‘zbekistonga yangi transport yo‘lagini ochdi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Xitoyning Lanchjou shahridan 25 ta 40 futli konteynerlarda eksport yuki ortilgan poyezd Lanchjou—Qashg‘ar—Irkeshtom—O‘sh—Andijon—Toshkent—Mari yo‘nalishida 5 iyun, juma kuni multimodal tranzit tashuvni amalga oshirish uchun yo‘lga chiqdi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, mazkur yo‘nalish bo‘ylab multimodal yuk tashuvlarini yo‘lga qo‘yish O‘zbekiston—Qirg‘iziston—Xitoy avtomobil koridori imkoniyatlaridan samarali foydalanishni tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlarning natijasidir.

«Lanchjou—Qashg‘ar—Irkeshtom—O‘sh—Andijon—Toshkent—Mari» yo‘nalishi bo‘ylab ilk multimodal tranzit yuk tashuvi 2020 yilning may oyida amalga oshirilgan. Yo‘nalish bo‘ylab yuk tashuvi «temir yo‘l transporti — avtomobil transporti — temir yo‘l transporti» sxemasida tashkil etilgan.

Реклама на Unews

«Ilk jarayonning o‘ziyoq O‘zbekiston—Qirg‘iziston—Xitoy avtomobil koridori imkoniyatlari nihoyatda katta ekanligini namoyish etdi.

Boshqa davlatlar yuklarini jalb qilgan holda bu kabi multimodal tashuvlarni tashkil etish bir nechta davlatlarning xalqaro transport va savdo tizimlariga, muvaffaqiyatli integratsiyasiga xizmat qiladi», — deyiladi xabarda.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий