BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Futbol bo'yicha Jahon chempionatida aql bovar qilmas natija!

Futbol bo‘yicha JCh-2022 1-turida Argentina va Saudiya Arabistoni terma jamoalari bugun, 22-noyabr kuni o‘zaro to‘qnash keldi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridayoq Janubiy Amerika vakillari penalti ishlab oldi. 11 metrlik jarima zarbasini Lionel Messi golga aylantirdi. Birinchi bo‘limda Argentina hisobni yana oshirishi mumkin edi, biroq Skaloni shogirdlarining uchta goli ofsayd tufayli inobatga olinmadi.

Shundan so‘ng, ikkinchi bo‘lim boshida Solih ash-Shehri muvozanatni tikladi. Oradan ko‘p o‘tmay Salim al-Dovsari saudiyaliklarni oldinga olib chiqdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi. Shu tariqa, Saudiya Arabistoni musobaqani g‘alaba bilan boshladi.

O‘yinning asosiy voqeasi bu — saudiyaliklar Argentinaning mag‘lubiyatsiz seriyasiga nuqta qo‘ygani bo‘ldi. Qit’adoshlarimiz mag‘lubiyatsiz seriyasi 36 ta o‘yinga yetgan “Albiseleste”ni to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldi va jahon rekordi yangilanmaydigan bo‘ldi. Amaldagi rekord Italiya terma jamoasiga tegishli bo‘lib, 2018-yilning sentyabridan 2021-yilning oktyabrigacha boʻlgan davrda italyanlar 37 ta oʻyinni magʻlubiyatsiz oʻtkazgan. 

Fikr qoldiring