Yana bir viloyat aholisi orasida koronavirus aniqlandi!

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

23 may kuni Andijon viloyati Izboskan tumanida yashovchi bir fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Bu haqda tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan ma’lum qilingan.

Shu tufayli bemor bilan muloqotda bo‘lgan 51 kishi karantinga olingan. Ularning orasida oila a’zolari bor. Bemor bilan ko‘chada muloqotda bo‘lgan 26 kishidan ham virusologik tahlil uchun surtma namunalari olingan.

Avvalroq, Navoiy, Samarqand, Toshkent viloyati va Toshkent shahrida aholi o‘rtasida koronavirus aniqlangan edi! 

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirda mamlakatda koronavirusga chalinganlar 3261 nafarni tashkil qilmoqda. Bugungacha bemorlarning 2607 nafari sog‘aygan va 13 nafari vafot etgan. 

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий