Karantin sababli Rossiyadagi 1000 nafardan ortiq o‘zbekistonlik talabaga yordam ko‘rsatildi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi karantin cheklovlari sababli mazkur mamlakatda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalarga yordam ko‘rsatmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Ma’lum qilinishicha, Rossiya hududida bo‘lib turgan o‘zbekistonlik talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekiston elchixonasi tomonidan ularni zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash borasida amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Ta’kidlanishicha, Razumovskiy nomidagi Rossiya texnologik universiteti, «MISiS» Milliy tadqiqot texnologik universiteti, Rossiya davlat turizm va xizmatlar universiteti, Moskva aviatsiya instituti, I.Yevdokimov nomidagi Moskva davlat tibbiyot va stomatologiya instituti, Rossiya transport universiteti, Rossiya davlat neft va gaz universiteti, Rossiya davlat xalqlar do‘stligi universiteti, «Oliy iqtisodiyot maktabi» Milliy tadqiqot universitetida ta’lim olayotgan 1000 nafardan ortiq talabaga oziq-ovqat yetkazib berilgan.

Avvalroq O‘zbekistonning Rossiyadagi elchixonasi mazkur mamlakatda koronavirus sababli og‘ir vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonliklarga yordam berish uchun «Mehr» loyihasini ishga tushirgandi. Mazkur loyiha doirasida og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar 1,2 million rubldan ortiq yordam puli olgani haqida xabar berilgan edi.

Biz uch yil oldin Koronavirusga tayyor bo'lishimiz mumkin edi, Ammo bu farmatsevtik kompaniyalarga yoqmagan...

Braziliyada bir sutkada 800 ortiq bemor koronavirusdan vafot etdi

Реклама на Unews

Milliy teatrning ustoz san’atkorlari Sardobadagi harbiylar holidan xabar oldi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий