Import benzin narxi oshishi mumkin

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

O‘zbekneftgaz kompaniyasi import qilinadigan benzin uchun aksiz solig‘ini 5 %dan 20 %ga oshirishni taklif qilmoqda. Xabar kompaniya hamda Energetika vazirligi tomonidan tasdiqlandi. Bu haqida "Sof.uz" nashri xabar bermoqda.

"Import qilinadigan xom ashyo narxini pasaytirish yo‘li bilan respublika iste’molchilarini arzon narxlarda neft mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida, ITSV (Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi) tomonidan import qilinadigan tovarlarga aksiz solig‘i nolga tushirilishi munosabati bilan ichki bozorni himoya qilish choralarini ko‘rib chiqmoqdamiz", - deyiladi hujjatda.

Реклама на Unews

T.me/bakiroo

Shu sababli neftni qayta ishlash zavodlarining ishlab chiqarish quvvatlarini  ta’minlash uchun "O‘zbekneftegaz" ba’zi bir tayyor neft mahsulotlarining importiga aksiz solig‘i stavkalarini qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Bu mamlakatda neft mahsulotlari ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi, deb hisoblamoqda kompaniya. 

Taklif etilayotgan stavkalarga muvofiq bitumli jinslardan olinadigan neft va neft mahsulotlariga aksiz solig‘ini 5 foizdan 0 foizga tushirish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, AI-80, AI-91, AI-92 benzinlariga aktsiz solig‘i 5 foizdan 20 foizga oshirilishi taklif qilinmoqda. Jet A-1 gaz turbinali dvigatellari va TS-1 reaktiv dvigatellari uchun aviayoqilg‘i uchun ham aksiz solig‘i 20 %ga ko‘tarilishi so‘ralgan. 

Реклама на Unews

15 maydan boshlab import qilingan AI-92 benzini UNG AYoQShlarida 5000 so‘mga tushdi, mahalliy AI-91 esa aprel oyidagi pasayishdan keyin 5600 so‘mga tushdi.

Ma’lumot uchun. Aksiz (frans. accise – qirqib olmoq) – keng iste’mol tovarlari, eng muhim xom ashyolarga, shuningdek xizmatlar uchun davlat tomonidan solinadigan qo‘shimcha soliq turi hisoblanib, uni bevosita xaridorlar to‘laydi.

O‘zbekiston qamoqxonalari va ulardagi mahbuslar soni kabi ma’lumotlar maxfiylikdan chiqariladi

Shifokorlarimizning 300 nafardan ortig‘i virus yuqtirgan

1 iyundan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий