O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga bepul beriladigan tovarlar ro‘yxati yangilandi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqida "Qalampir.uz" nashri xabar bermoqda.

Jumladan, Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, endilikda nafaqalar va moddiy yordam olish uchun oila tarkibiga quyidagilar kiritilmaydi:

•    bolalarning ular bilan birgalikda yashaydigan bobolari va buvilari;

Реклама на Unews

•    bolalarning ota-onalari (farzandlikka oluvchilar) bilan birgalikda xo‘jalik yurituvchi boshqa shaxslar.

Shuningdek, endilikda shaxsiy yordamchi (dehqon) xo‘jaligini yuritishdan olinadigan normativ daromad ushbu xo‘jalikni yuritish uchun foydalaniladigan sotixlar sonini mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 0,035 miqdoriga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.

Ilgari mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 0,071 miqdoriga ko‘paytirib aniqlangan.

Реклама на Unews

Bundan tashqari, O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va nogironlarni bepul ta’minlash uchun asosiy oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyena tovarlarining ro‘yxati yangilandi.

Ro‘yxatga karantin tadbirlari amal qilish davrida qo‘shimcha ravishda bepul beriladigan quyidagi mahsulotlar qo‘shildi:

•    bir marta ishlatiladigan steril niqob;

•    bir marta ishlatiladigan steril qo‘lqoplar;

•    suyuq yoki gel holatidagi aniseptik;

•    antibakterial sovun.

Eslatib o‘tamiz, ro‘yxatda hozirga qadar 15 turdagi mahsulot mavjud edi.

Saida Mirziyoeva: "Oyim bilan Sirdaryoga bordik, u erda ajoyib bir voqea bo`ldi" (foto)

Ramzan Qodirovning ahvoli to‘g‘risida ma’lumot berildi

Diqqat! Shifokor yurakka zarar keltiradigan 5 mahsulot nomini aytdi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий