Xitoy koronavirusdan jabr ko‘rgan mamlakatlar uchun 2 mlrd dollar ajratadi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

BMT bilan hamkorlikda Xitoy hududida epidemiyaga qarshi vositalar yig‘iladigan global ombor va muhtoj mamlakatlarga yetkazib berishni ta’minlash uchun xab tashkil etiladi. Bu haqida "Zamin.uz" nashri xabar bermoqda

Dushanba kuni videorejim shaklida 73-Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi boshlandi. Uni Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin ochib berdi.

U Xitoy JSSTni mamlakatda koronavirus tarqalishi to‘g‘risida kerakli hajmda va mutlaqo shaffof tarzda xabardor qilganini aytdi.

«Xitoy shaffoflik tamoyillariga hamisha amal qilgan holda JSST va boshqa davlatlarni mamlakatdagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qildi», — dedi Si Szinpin.

U shuningdek, koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish va birinchi navbatda rivojlanayotgan davlatlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ochiqladi. Unga ko‘ra, xususan, Pekin epidemiyadan jabr ko‘rgan mamlakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 2 mlrd dollar ajratadi.

Bundan tashqari, BMT bilan hamkorlikda Xitoy hududida epidemiyaga qarshi vositalar yig‘iladigan global ombor va muhtoj mamlakatlarga yetkazib berishni ta’minlash uchun xab tashkil etiladi. Bu vositalarni tashish uchun «yashil» yo‘lak ajratiladi, dedi XXR raisi.

Si Szinpin virus tarqalishini iloji boricha tezroq to‘xtatish zarurligini qayd etdi.

Uning ma’lum qilishicha, Xitoy Afrikaning qariyb 50ta mamlakatiga yordam ko‘rsatgan.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 4,8 milliondan oshgan, 317,2 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Ertaga, 19 mayda Toshkent — Sankt-Peterburg — Toshkent charter reysi amalga oshiriladi

Markaziy bank ipoteka kreditlarining foizlari bo‘yicha taxminiy hisob-kitoblarni ma’lum qildi

Реклама на Unews

Mayk Tayson va Evander Xolifild o‘rtasidagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий