«Sardoba ishi» bo‘yicha 170 nafar shaxs so‘roq qilindi - Bosh prokuratura

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Xalqaro press-klubning Sardobadagi falokatga bag‘ishlangan sessiyasida falokat bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan axborot berildi,  deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Sessiyada ishtirok etayotgan Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, Sardobadagi hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Davlat xavfsizlik xizmatining Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sardobadagi ob’yekt buyurtmachisi - «Sirdaryo qurilishinvest» DUK. Bu sobiq Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi «15-sonli qurilayotgan ob’yektlar birlashgan direksiyasi» bo‘la turib, bosh pudratchi sifatida «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga qarashli «O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj» DUK qatnashgan. Qurilish ishlariga 28ta subpudratchilar jalb etilgan. Loyihachi sifatida «Uzgip» MChJ ishtirok etgan, loyihasi qiymati 1,2 trln so‘mni tashkil qilgan. Moliyalashtirish manbasi budjet mablag‘lari hisobidan bo‘lgan.

Реклама на Unews

Jinoyat ishi bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati hamda Ichki ishlar vazirligining malakali va tajribali xodimlaridan iborat tezkor-tergov guruhi tashkil qilingan. Jinoyat ishi bo‘yicha quyidagi asosiy tergov taxminlari, ya’ni versiyalar oldinga surilib, tekshirilmoqda:

1.Loyihalashdagi xatoliklar.
2. Qurilish me’yorlariga rioya etmaslik.
3. Ekspluatatsiya jarayonidagi xatoliklar.
4. Tabiiy ofat.

«Tergov taxminlarini tekshirish maqsadida, dastlabki tergov davomida jami 170 nafardan ziyod shaxslar tergov guruhi a’zolari tomonidan guvoh tariqasida so‘roq qilinib, suv omborini loyihalashtirish, qurilishi va ekspluatatsiya qilish jarayonlari to‘g‘risida ko‘rsatmalar olindi. Jinoyat ishi doirasida 10tadan ortiq ekspertiza va laboratoriya tahliliy tadqiqotlar tayinlandi», dedi Bosh prokuratura mas’uli.

Реклама на Unews

94 yoshli Britaniya qirolichasi dam olish kunlarida ot minmoqda

Sardoba toshqinidan so‘ng cho‘kkan qabrlarda odam skeletlari chiqqanmi?

Sardoba fojeasi oqibatida qancha uy buzilgani va uy hayvonlari yo‘qolgani ma’lum qilindi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий