Tramp “super-puper raketa“ yaratilishini e’lon qildi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

AQSH Prezidenti Donald Tramp “super-puper raketa“sini yaratish boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda u Oq uyda AQSH kosmik kuchlarining yangi bayrog‘ini taqdim etish marosimida aytib o‘tdi,  deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Ta’kidlanishicha, Tramp qudratli raketa ishlab chiqilishini e’lon qilgan U raketani “super-puper raketasi“ deb atagan.

“Biz hozir misli ko‘rilmagan darajada aql bovar qilmaydigan harbiy jihozlarni yaratmoqdamiz. Bizda tanlov yo‘q, raqiblarimizni hisobga olib, buni qilishimiz kerak. Men buni super-puper raketasi deb atayman. Kecha ishlab chiquvchilar raketa hozirgi mavjudlardan 17 baravar tezroq bo‘lishiga ishontirishdi“ deydi AQSH Prezidenti.

Реклама на Unews

Tramp, shuningdek, o‘z raqiblaridagi raketalarni tariflab o‘tdi. AQSHda ishlab chiqariladigan raketa hammasidan tezroq bo‘lishiga ishontirdi.

“Agar Rossiyada besh baravar tezroq raketalar borligini eshitgan bo‘lsangiz, Xitoy undan besh yoki olti marta tezroq raketalar ustida ishlamoqda. Mamlakatimizda 17 marotaba tezrog‘i ishlab chiqiladi“, deydi Tramp.

Eslatib o‘tamiz, AQSH va Rossiya yadro raketalarni qisqartirish haqidagi shartnomadan chiqqan. Shundan so‘ng “raketalar poygasi“ qisman boshlangan.

Реклама на Unews

Yaponlar shishirma elektroskuterni taqdim etdi (video)

Sirdaryolik jabrdiydalarga davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lar miqdori (infografika)

15 may 19.00 holatiga ko`ra yana 30 nafar hamyurtimizda koronavirus aniqlandi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий