Surxondaryoda kuzatilgan sel tufayli 1000 ga yaqin fuqaro evakuatsiya qilindi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

2020 yil 13 may kuni soat 21:00 da kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumani hududidan oqib o‘tuvchi “Oltinsoy” soyining suv hajmi sezilarli darajada oshgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi, deb yozmoqda "Sof.uz" nashri.

Mazkur holat natijasida suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligi sababli viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT) kuch va vositalari yordamida ushbu hududda istiqomat qilayotgan 900 nafar fuqaro xavfsiz (yaqin qarindoshlari uylari) hududga vaqtincha ko‘chirildi.

Реклама на Unews

Foto: FVV

Bundan tashqari, shu kuni Boysun tumanidagi “Pasurxi” mahallasiga Boysun tog‘ tizmasiga surunkali yomg‘ir yog‘ishi natijasida “Oybarak” soyi orqali sel kelgan.

Shuningdek, tumanning “Hunarmandlar” mahallasidan oqib o‘tuvchi “Avlod” soyi orqali sel kelishi oqibatida “Avlod” hamda “Sariosiyo” qishloqlarini bog‘lab turuvchi ko‘prikni suv bosganligi tufayli avtomobillarning harakatlanishi vaqtincha to‘xtatilgan.

Реклама на Unews

Vaziyat viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Ayni damda boshqarma qutqaruvchilari hamda FVDTning 150 dan ortiq xodimi, shuningdek, 20 ga yaqin texnika yordamida sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Foto: FVV

Sel oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.

Ozoda Saidzoda Sardoba fojiasidan jabr chekkanlarga 5 ta uy sovg‘a qildi (+video)

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 8 kishiga oshib, 2620 nafarga yetdi

Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar 5,5 mingdan oshdi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий