⚡️⚡️⚡️ Xitoy Amerikaga qarshi urushga tayyorlanmoqda(mi?)

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Xitoy AQSh bilan qurolli to‘qnashuvga tayyorlanmoqda. Buni Xitoy Davlat xavfsizlik vazirligi uchun tayyorlangan hujjat tasdiqlaydi. Uning mualliflariga ko‘ra, pandemiya Vashington va Pekin o‘rtasidagi qarama-qarshilikni kuchaytirgan, shuning uchun harbiy to‘qnashuvlarni istisno qilib bo‘lmaydi, deb yozmoqda  " azon.uz " nashri.

Xitoyda hukumat tarafdori bo‘lgan bir nashr mamlakatning yadroviy arsenalini mingtagacha oshirishga undagan maqolani bosib chiqardi.

Ushbu maqola Xitoy Kommunistik partiyasining rasmiy matbuot organi - “Jenmin jibao” shafeligida tashkil etilgan ingliz tilidagi gazeta “Global Times”da paydo bo‘ldi. Maqolada bosh muharrir Xu Siszinning ta'kidlashicha, yaqin kelajakda mamlakat yadro kallaklarini mingtaga, “Dunfen-41” strategik raketalari sonini 100 taga yetkazishi lozim.

Xu Siszin yadroviy qurolni foydasiz deb o‘ylaydiganlarni "sodda bolalar" deb ataydi. Uning fikricha, faqat yadro quroligina Vashingtonning Pekinga qarshi agressiyasini to‘xtatib turadi. So‘nggi oylarda AQShning "bema'ni" xatti-harakati fonida bu muammo ayniqsa dolzarb bo‘lib bormoqda.

So‘nggi yillarda Xitoy o‘zining yadro arsenalini qurmoqda va modernizatsiya qilmoqda. 15 yil ichida mamlakat bu ko‘rsatkichni ikki baravar oshirdi va tadqiqotchilarga ko‘ra, bugungi kunda u 300 ta jangovar yadroviy kallakdan iborat. Biroq, haqiqiy raqam ancha katta, degan xavotirlar bor, chunki Xitoy qurolni boshqarish mexanizmlarida qatnashmaydi, bu esa ma'lumotlarni yashirishga imkon beradi.

Tadqiqotchilar, shuningdek, Xitoy harbiy-dengiz kuchlari, jumladan, ikkita samolyot tashuvchisi va uchta harbiy kema qurilishi kutilayotganini qayd etdilar. Bu nafaqat Pekin va u Janubiy Xitoy dengizi ustidan hukmronlik qilish borasida tortishayotgan mintaqaviy kuchlar o‘rtasidagi mojaroga, balki Amerika va Buyuk Britaniya kemalari bilan to‘qnashuvga olib kelishi mumkin, deydi tashqi siyosat tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi Jeremi Blek. Tahlilchining qo‘shimcha qilishicha, butun dunyoni qamrab olgan, ammo tezda Xitoyda tarqalib ketgan koronavirus pandemiyasi unga qurolli kuchlarga ko‘proq imkoniyatlar beradi.

Jeremi Blekning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi sharoitda G‘arb Rossiyaga yaqinlashishi kerak, chunki Xitoy, shubhasiz, uni AQSh va Yevropaning asosiy dushmani rolidan surib chiqarmoqda. Albatta, ekspert tan olishicha, buni amalga oshirish oson bo‘lmaydi, chunki Moskva Pekin bilan do‘stona munosabatlarni o‘rnatgan, shuning uchun uni o‘z tomoniga tortish muammoli. Biroq, G‘arbda allaqachon Rossiyaga NATO bilan ta'sir o‘tkazish mexanizmi mavjud. Shu bilan birga, Xitoyning G‘arb mamlakatlari bilan munosabatlarida izchil yondashuv yo‘q, deya xulosa qiladi Blek.

Infografika: O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallangan va tuzalganlar soni qanday o’zgaryapti

Nurmat Otabekov juda muhim ma'lumotni e'lon qildi!

Реклама на Unews

Yoz bizni qutqara olmaydi: Yoxud yuqori harorat COVID-19’ni o‘ldira olmasligi ma’lum bo‘ldi!

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий