Qozog‘istonda Alisher Usmonov ajratgan pullarni aholi o‘rtasida taqsimlash boshlandi

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Avvalroq, milliarder Alisher Usmonov Sirdaryodagi Sardoba suv ombori to‘g‘onining yorilishi natijasida yuzaga kelgan suv toshqinidan jabrlangan qozog‘istonliklarga 5 mln dollar xayriya qilgani haqida xabar bergan edik, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri.

Sardoba suv ombori dambasi yorilishidan zarar ko‘rgan Qozog‘istonning Turkiston viloyati Maqtaaral tumani aholisiga Usmonov ajratgan pullardan 1000 AQSH dollarlik sertifikatlar berish boshlandi. Bu haqda Turkiston viloyati hokimligi ma’lum qildi.

Bu pullar toshqindan jabrlangan oilalarning boshliqlari hisobiga o‘tkazib beriladi. Ayni vaqtda fuqarolarning hujjatlarini qabul qilish ishlari davom etyapti. Hujjatlar to‘liq shakllantirilgach, har bir oila ularga ajratilgan pulni oladi.

Реклама на Unews

Usmonov 5 mln 202 ming dollar xayriya mablag‘ini ajratgan pullar “Turkiston” ijtimoiy rivojlanish jamg‘armasi hisobiga o‘tkazib bergan.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov suv toshqinidan jabr ko‘rgan o‘zbekistonliklar uchun ham 10 mln dollar miqdorida xayriya ajratgandi.

O'zbekistonda aholi shahsini mobil identifasiya orqali tasdiqlash tizimi yaratiladi

Реклама на Unews

Shveysariyada do‘kon va restoranlarni ochishga ruxsat berildi

⚡️O‘zbekistonda do’l yog‘ishi, kuchli shamol va momaqaldiroq bo’lishi kutilmoqda

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий