O'zbekistonda karantin rejimi bekor bo'ldimi? 11 maydan bo'ladigan o'zgarishlari...

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistonda karantin choralari 25 mayga qadar uzaytirilgani to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda. Bunday xabarlar asossiz - Respublika maxsus komissiyasi karantin muddatini uzaytirish bo‘yicha qaror chiqarmagan. Shu bilan birgalikda, aholida karantin muddati bo‘yicha tushunmovchilik yuzaga kelgan - karantin muddati rasman uzaytirilmagani uchun ko‘pchilikda karantin 10 mayda tugashi haqida tasavvur paydo bo‘lgan. 

Quyida O‘zbekistonda 15 mart kuni koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq ilk holat aniqlangach, joriy etilishi boshlangan karantin choralari xronologiyasi va so‘nggi e'lon qilingan karantin choralari keltiriladi.

O‘zbekistonda 23 mart kunidan qat'iy karantin choralari joriy etilgandi. O‘shanda Respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, to‘y o‘tkazish taqiqlangan, umumiy ovqatlanish joylari yopilgan, xorijga chiqish to‘xtatilgan, muassasalar xodimlari masofadan turib ishlashga o‘tgan, jamoat joylarida tibbiy niqobda yurish majburiy bo‘lgandi. Bu choralar 20 aprelga qadar etib belgilangandi.

Реклама на Unews

Ko‘p o‘tmay shaharlararo transport harakati to‘xtatildi, o‘zini yakkalash tartibi joriy etildi, shaxsiy transportda maxsus ruxsatnomasiz harakatlanish taqiqlandi.

18 aprel kuni esa maxsus komissiya qarori bilan 20 aprelgacha davom etishi belgilangan karantin cheklovlari 10 mayga qadar uzaytirildi. 

O‘zbekistonda so‘nggi haftalarda epidemiologik vaziyat yaxshilana boshladi, 21 apreldan boshlab kunlik kasallanishlar soni tuzalganlar sonidan kam bo‘ldi.

Реклама на Unews

29 aprel va 5 may kunlari Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishlarida koronavirus bilan bog‘liq vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarib borishi bilan karantin talablarini bosqichma-bosqich yumshatish zarurligi ta'kidlandi.

Shu tariqa, O‘zbekistonda karantin bo‘yicha yangi tizim joriy etiladigan bo‘ldi. Unga ko‘ra, O‘zbekistonda karantin choralari yumshatiladigan hududlarni belgilash aniq mezonlar asosida baholanib, tumanlar va shaharlar «qizil» (yuqori xavfli), «sariq» (o‘rta xavfli) va «yashil» (xavfsiz) hududlarga ajratildi.

Respublika maxsus komissiyasining 6 maydagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq, koronavirus tarqalishi holatining hududlar kesimidagi tahlilidan kelib chiqib, 8 maydan viloyatlar uchta toifaga ajratildi.

Toshkent shahri «sariq» hudud. Qaysi viloyatlar qaysi toifaga kiritilgani ma'lum qilindi

7 may kuni prezident raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida hududlarni toifaga ajratishni tuman va shaharlar darajasida belgilash ta'kidlandi.

Shu munosabat bilan, Respublika maxsus komissiyasining 8 maydagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalish holatining hududlar kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sog‘ayish) dinamikasi holatidan kelib chiqqan holda mamlakat hududlari 11 maydan e'tiboran tuman va shaharlar darajasida toifalarga ajratiladi.

Bunda:

«sariq» va «qizil» toifadagi viloyatlarda koronavirus infeksiyasi umuman aniqlanmagan tumanlar (shaharlar) «yashil» toifaga kiritiladi;

«yashil» yoki «sariq» toifadagi viloyatning biror-bir tumanida (shahrida) koronavirus infeksiyasi aniqlanadigan bo‘lsa, butun viloyatning toifasini o‘zgartirmagan holda tegishli tumanning (shaharning) o‘zi «qizil» toifaga o‘tkaziladi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi koronavirus infeksiyasining tarqalish holatining har bir tuman (shahar) kesimidagi tahlili, kasallik aniqlangan bemorlarning davolanish (sog‘ayish) dinamikasi holatidan kelib chiqqan holda, tuman (shahar)larning toifasini o‘zgartirish yuzasidan doimiy ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga taklif kiritib boradi.

Tuman va shaharlarda ularning toifasidan kelib chiqqan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri uchun amalga oshirilishi nazarda tutilgan faoliyat turlariga ruxsat beriladi.

«Yashil», «qizil» va «sariq» hududlar: Tumanlar va shaharlar bo‘yicha ro‘yxat

Muayyan tuman (shahar) «qizil» toifaga o‘tkazilganda, tegishli hudud (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar) toifasidan qat'i nazar ushbu tuman (shahar)da «qizil» toifa uchun nazarda tutilgan barcha karantin cheklovlari to‘liq joriy etiladi.

«Yashil» va «sariq» toifadagi hududlarda savdo majmualari faoliyatiga ijtimoiy masofani saqlagan holda ruxsat beriladi, bunda ushbu majmualarning attraksion, ko‘ngilochar, ovqatlanish bo‘linmalari, kinoteatr va o‘yin maydonchalari faoliyatiga ruxsat berilmaydi.

Yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchi tashishga hamda sartaroshxona (go‘zallik salonlari) faoliyat yuritishiga faqatgina Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimida «yashil» va «sariq» toifadagi hududlardagina ruxsat beriladi.

Agarda muayyan hudud «qizil» toifaga kirib, uning tarkibidagi tuman (shahar)lar «sariq» va «yashil» toifalarga kirgan taqdirda, ushbu tuman (shaharlar)da yo‘nalishsiz taksilarga yo‘lovchi tashishga hamda sartaroshxona (go‘zallik salonlari) faoliyat yuritishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tuman (shahar)larni tegishli toifalarga ajratgan holda bosqichma-bosqich bekor qilishda quyidagi talablar saqlab qolinadi:

ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlash, 3 kishidan ortiq yig‘ilmaslik, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalardan foydalanishi;

ta'lim tashkilotlari (bog‘cha, maktab, litsey, kollej, texnikum, institut, universitet va boshqalar), o‘quv kurslari faoliyatini yo‘lga qo‘ymaslik;

ko‘ngilochar obektlar – tungi klublar, diskoteka, restoran, kafe, oshxona, choyxona, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik;

barcha turdagi ommaviy tadbirlar – konsert, teatr, kinoteatr, muzey, sport tadbirlari, oilaviy tantana, to‘y, ma'raka va marosimlarni (dafn marosimlari 10-15 kishidan ko‘p bo‘lmagan hollar bundan mustasno) o‘tkazmaslik;

jamoat transporti harakatiga ruxsat bermaslik;

dehqon bozorlari va oziq-ovqat savdo nuqtalari (supermarket va boshqa yirik do‘konlar) kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash hamda har bir fuqaroning tana haroratini o‘lchab, 37 daraja va undan yuqori bo‘lgan holatda, ushbu majmualarga kiritmaslik choralarini ko‘rish;

barcha tashkilotlar kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan ta'minlash hamda xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritishini ta'minlash uchun birinchi rahbarlar shaxsan mas'ulligi;

qurilish-ta'mirlash ishlarida obektlarning hududi to‘liq karantinga olinishi va hududiy sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari bilan birgalikda obektlarda sanitariya-gigiyena tadbirlarining amalga oshirilib borilishi. Bunda, ushbu tashkilotlarning faoliyat olib borish davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qilishi, o‘z faoliyatini faqatgina tegishli obekt hududi doirasida tashkil etishi.

«Qizil» toifaga kiruvchi hududlarda karantin cheklovlari talablarini bajarmaslik, shuningdek «yashil» va «sariq» toifaga kiruvchi hududlarda ruxsat berilgan faoliyat turlarini o‘rnatilgan maxsus talablarga rioya etmagan holda amalga oshirish tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Xulosa shuki, ayrim hududlar uchun qat'iy karantin choralari tugadi, ayrim hududlar uchun qat'iy karantin choralari amal qilishi davom etadi.

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий