Qarta ochildi: koronavirus Xitoyga qanday foyda keltirmoqda?

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

Xitoy harbiy qudratini namoyish qilish va Janubiy Xitoy dengizidagi quruqlik hamda neft konlariga da’vo qilish uchun koronavirusga qarshi butun dunyo bo‘ylab kurashdan foydalanishga qaror qildi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, Xitoy bahsli orollar va riflarni harbiylashtirishni neft hamda mineral konlarini ishga tushirish, ushbu hududda yadroviy reaktorlar qurish orqali rejalashtirmoqda.

Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari shuni ko‘rsatadiki, pandemiya paytida mamlakat allaqachon hududning bir qismini o‘z bazasiga aylantirgan: Subi, Beda va Olovli xoch riflarida harbiy infratuzilma paydo bo‘lgan, Vudi orolida esa raketalar, qiruvchi va radar tizimlari bilan jihozlangan aerodrom paydo bo‘lgan.

Реклама на Unews

Xitoyning xatti-harakatlari mintaqaga uchta harbiy kema yuborgan AQSh prezidenti Donald Trampning tezkor reaksiyasiga sabab bo‘ldi. Xitoy mudofaa vaziri general Vey Fenxening aytishicha, Amerika bilan ziddiyat yuzaga kelsa, uning mamlakati kurashdan qaytmaydi.

Avvalroq, Xitoy koronavirus pandemiyasi paytida bahsli hududlarni o‘zlashtirganlikda ayblangani haqida xabar berilgandi. Map World xizmatining yangilangan xaritalarida Hindistonning Arunachal Pradesh shtati bir qismi mamlakatga "qo‘shilganini" ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, 19 aprel kuni Parasel orollari va Spratli arxipelagida (xitoychada Sisha va Nansha) ikkita yangi ma’muriy tuman paydo bo‘ldi, ular Xaynan provinsiyasidagi Sansha shahrining bir qismi bo‘lib, Xitoy hukumati tomonidan 2012 yilda bahsli orollarga da’volarini asoslash uchun tashkil etilgan.

Janubiy Xitoy dengizidagi orollar Xitoy, Tayvan, Malayziya, Filippin, Bruney va Vetnam o‘rtasidagi hududiy tortishuv mavzusidir. Eng qayg‘uli vaziyat neft va gazga boy deb hisoblanadigan Skarboro rifi va Spratli arxipelagi atrofida yuzaga kelgan. Dunyo savdosining 40 foizi va Xitoy neft va gaz importiningi 80 foizi Janubiy Xitoy dengizi orqali o‘tadi.

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий