Hulkar Abdullayevaning «Paqa-paq» qo‘shig‘ini Zoom orqali birgalikda ijro etishdi (video)

Извините, на данном статье не имеет русская версия! Перейти на главной странице

«Xiva – 2020 yilda turkiy dunyoning madaniyat poytaxti» deb e’lon qilingani munosabati bilan turkiy tilli davlatlarning taniqli san’atkorlari xonanda Hulkar Abdullayevaning «Paqa-paq» qo‘shig‘ini birgalikda ijro etdi. Bu haqda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xabar berdi, deb yozmoqda "Zamin.uz" nashri.

Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tatariston, Turkmaniston, Turkiya, Qrim, Moldova, Kabarda-Balkariya, O‘zbekiston san’atkorlari Zoom orqali bir joyga to‘planib, Hulkar Abdullayevaga jo‘r bo‘lib, «Paqa-paq» qo‘shig‘ini kuylagan.

«Ko‘hna Xiva yurtimizga xorijlik sayyohlarni eng ko‘p jalb etuvchi qadimiy shaharlardan biri. Xorazm zaminining go‘zal va navqiron bu go‘shasi 2020 yilda turk dunyosi madaniyati poytaxti maqomiga sazovor bo‘ldi. Bu bizlar uchun faxr va iftixor tuyg‘usidir.
Moziy sahnasida ne-ne istilolarga bo‘yin egmagan Xiva, hamon serviqor ko‘rinishini yo‘qotmagan va uning dovrug‘i butun dunyoga tarqalmoqda.

‘Xiva – 2020 yilda turkiy dunyoning madaniyat poytaxti’ deb e’lon qilingani munosabati bilan barcha qardosh turkiy xalqlarning taniqli san’atkorlari birgalikda qo‘shiq kuylashdi.
Bugungi sinovli kunlarda ijro etilgan ushbu qo‘shiq dunyo xalqlarini qalban yanada yaqinlashtiradi
», — deb yozadi Ozodbek Nazarbekov.

Yana bir davlat olimlari COVID-19ni yenga oladigan antitanachalarni yaratdi

Реклама на Unews

"Sardoba" voqeasidan jabr ko'rgan Qozog‘istonliklarga qancha uy qurib berilishi ma'lum bo‘ldi!

O‘zbek askarlarning fojiali taqdiri haqidagi film treyleri namoyish qilindi (video)

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Самый горячие новости на нашем ТЕЛЕГРАМ канале.


Написать комментарий