Zidan ikki shart evaziga “Real” murabbiyligiga qaytishi mumkin

“Real Madrid” sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan o‘zining sobiq jamoasiga faqatgina ikkita shart evaziga qaytishi mumkinligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Defensa Central” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, fransiyalik mutaxassis faoliyatida uchinchi marta Madrid klubini boshqarishni istamoqda. Zidan “Real Madrid” fitnes bo‘yicha mutaxassis Gregori Dyuponni murabbiylar shtabiga ishga qabul qilishini istamoqda.

Shuningdek, u ispan futbol grandini boshqargan paytda “Qirollik klubi”ga kelib qo‘shilgan belgiyalik futbolchi Eden Azar jamoada qolishi kerakligini talab qilyapti.

Реклама на Unews

Agar amaldagi bosh murabbiy Karlo Anchelotti yozda jamoani tark etsa, Zidan uchinchi marta “Real”ni boshqarishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Zinedin Zidan 2016-2018 va 2019-2021 yillarda “qaymoqranglilar” bosh murabbiyi bo‘lib faoliyat yuritgan. Zidanning birinchi iste’fosidan so‘ng “Real”da ikki marta murabbiy almashdi. Avvaliga Xulen Lopetegi, keyinroq Santyago Solari Madrid klubida bosh murabbiy sifatida qisqa faoliyat olib bordi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring