ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 2- va 3-dozalari orasidagi katta interval "Omikron" shtammidan himoya qilishi aniqlandi

ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining uch dozasi (ikki boshlang`ich dozasi va bitta kuchaytiruvchi doza) bilan emlangan, shuningdek, COVID-19 dan tuzalgan odamlarda (tiklanish bosqichidagi guruh) aniqlangan antitanachalar qiyosiy tahlil qilindi. Bu haqda Vaksinauz kanalida ma`lumot berildi. 

Vaksinani qabul qilganlarning qon namunalari ikkinchi va uchinchi dozalar orasidagi intervallarga ko`ra alohida guruhlarga ajratilgan. Tahlillar natijalari “The New England Journal of Medicine” nashrida e`lon qilindi.

Qisqa intervalli guruhdagi shaxslar birinchi dozadan 1 oy o`tganidan so`ng vaksinaning ikkinchi dozasini va ikkinchi dozadan 1 oy o`tgach, uchinchi dozani qabul qilishgan. Uzoq intervalli guruhdagi shaxslar vaksinaning birinchi dozadan keyin ikkinchi dozasini 1 oydan keyin olib, uchinchi doza bilan 4 oy o`tgach emlanishgan. Natijada birinchi va uchinchi doza oralig`i 5 oyni tashkil qilgan.

Uzoq intervalli guruhdagilarda Omikron shtammiga qarshi antitanacha titrlari qisqa intervalli guruhdagilar va koronavirusga chalinganlardagiga nisbatan yuqori bo`lgan. 

SARS-CoV-2 prototip shtamlari va mutasiyalariga, shu jumladan, omikron shtammiga qarshi antitanachalar mavjudligini tekshirish uchun zardob namunalari sinovdan o`tkazildi. COVID-19 dan tuzalganlar guruhidan olingan 16 ta zardob namunalaridan 15 tasida Omikron shtammiga qarshi antitanachalar mavjud emasligi namoyon bo`ldi. ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlanganlardan iborat guruhning qon zardobida esa Omikronga qarshi antitanalar nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi. Har qanday vaksinaning uch dozasini olgan 16 nafar kishidan 10 nafarida (62%), ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini qisqa intervalda olganlarning 16 nafaridan 9 nafarida (56%) hamda ZF-UZ-VAC2001 bilan emlanganlarning uzoq intervalli guruhidagi 16 nafar kishidan 16 tasida (100%) Omikronga qarshi antinanachalar mavjud ekani tasdiqlandi. 

Ikkinchi va uchinichi dozalar orasidagi interval 4 oy bo`lgan, ammo vaksinaning uchinchi dozasi olinganidan 4-6 oy o`tganidan keyin qon tahlillari o`tkazilganda 13 ta namunadan 9 tasida (69%) Omikronga qarshi antitanalar mavjud ekani aniqlandi. Avval ham xabar berganimizdek, ikkinchi doza va buster dozasi orasidagi intervalning katta bo`lishi koronavirusning barcha shtammlariga nisbatan kattaroq titrdagi antinalalarning hosil bo`lishiga olib keladi. 

Mazkur natijalar kuchli mutasiyaga uchragan koronavirus shtammlariga qarshi vaksinaning buster dozlalari bilan himoyalanishning samaradorligini ko`rsatadi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring