Zelenskiy Rossiyani YUNESKOdan chiqarishni so‘radi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YUNESKO) Ijroiya kengashining 215 sessiyasi ishtirokchilariga murojaat qilib, Rossiyani uning a’zoligidan chiqarishni so‘radi.

"Iltimos, ayting-chi, nega orangizda hali ham Rossiya vakillari bor? Ular YUNESKOda nima qilishyapti?", — deb so‘radi Ukraina prezidenti.

 

Zelenskiy Rossiyaning YUNESKO Butunjahon merosi qo‘mitasiga raislik qilishga haqqi yo‘q, degan fikrni bildirdi, chunki uning so‘zlariga ko‘ra, bu tashkilot obro‘siga putur yetkazadi.

Реклама на Unews

"Terrorchi davlatning madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish bo‘yicha asosiy organlardan biri — YUNESKOning Butunjahon merosi qo‘mitasiga raislik qilishga, albatta, haqqi yo‘q. Rossiyaning bunday raisligi institutning o‘zini – uning salmog‘ini, obro‘sini pasaytiradi”, — deb qo‘shimcha qildi u.

Zelenskiy o‘z so‘zlarini tasdiqlab, quyidagi statistik ma’lumotlarni keltirdi: "24 fevraldan beri Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududida joylashgan 2600 dan ortiq ta’lim ob’ektlariga zarar yetkazgan (hatto to‘liq vayron qilgan), Rossiya aviasiyasi va artilleriyasi esa 500 dan ortiq madaniy meros ob’ektlari, madaniy muassasalar va diniy binolar, shu jumladan 200 ga yaqin ibodatxonalar va cherkovlarni o‘qqa tutgan."

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring