Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan bemorlarga vaksina qilinadimi?

Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanayotgan bemorlarga vaksina qilinadimi?. SSV Matbuot xizmatining ushbu savoliga vazirlik qoshidagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi, tibbiyot fanlari doktori Sevara Ubaydullayeva javob berdi: — Vaksinalar – kasallikni oldini olishga qaratilgan vositalar bo‘lib, ularni organizmga yuborish uchun inson o‘tkir yoki surunkali kasalliklardan butunlay davolanib, emlashni tinch davrda amalga oshirish kerak.. Uni ikki xil vaqtda, ya’ni koronavirus infeksiyasi bilan umuman kasallanilmagan holatda yoki kasallikka chalingach 3, 6 yoki 9 oy o‘tib, qonda kasallikka qarshi ishlab chiqilgan antitanachalar titri kamaygan yoki umuman tushib ketgan holatlarda emlashni o‘tkazish tavsiya etiladi. Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus bilan og‘ir holatda davolanayotgan bemorlar organizmiga, afsuski, infeksiya tushib bo‘lgan va kasallikning o‘tkir yoki o‘tkir osti davrida emlash tavsiya etilmaydi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring