Yunusobod tumani va Sebzorni bog‘lovchi ko‘prik qisman yopildi
2633 30-11-2020 0 O'zimizdaToshkentdagi Ahmad Donish ko‘chasining Sebzor mavzesidan Yunusobod bozori tomon yo‘nalgan yo‘l o‘tkazgichda bir haftaga avtomobillar harakati qisman cheklanadi. Bu haqda poytaxt hokimigi xabar berdi.
Bildirilishicha, yo‘l o‘tkazgich yo‘l ta’mirlash ishlarini tezlashtirish maqsadida qisman yopiladi. Avtomobillar harakati joriy yilning 6 dekabriga qadar yo‘lning bitta harakatlanish qismida amalga oshiriladi.
Hokimlik tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilarga vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilgan.
Реклама на Unews
Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda birinchilardan ta'nishib boring!
Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.