BIRINCHI BO'L!

Eng muhim yangiliklardan birinchi xabardor bo'ling!

Obuna bo'lish
×

Yulduz Usmonova Ichki ishlar xodimlaridan uzr so‘radi (video)

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar xodimlariga qaratilgan haqoratlari bugun mamlakatda kun tartibiga chiqdi. Mazkur holatga nisbatan Ichki ishlar vazirligi munosabat bildirganicha yo‘q, ammo Madaniyat vazirligi Usmonovaga nasihat tarzidagi “munosabat”ni e’lon qildi. Bu haqida "Qalampir.uz" nashri xabar bermoqda.

Oradan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova kecha Instagram sahifasidagi jonli muloqotidagi haqoratlari uchun uzr so‘radi. 

“Hurmatli Ichki ishlar vazirligi xodimlari. Hammangizdan ulug‘ ayyom kunlarida dilingizni og‘ritgan bo‘lsam, uzr so‘rayman. Lekin hammamizda ayb bor. Men xotin kishiman, lekin men aybsiz, ko‘rmagan joyimga, ko‘r ko‘zlarim bilan gapirmayman. Ko‘rganim uchun gapirdim. Ko‘rganlarim uchun, gapirganim uchun uzr so‘rayman”, deydi Usmonova. 

Xonandaning uzrida ham kinoya bor. U gaplari uchun uzr so‘rab, Ichki ishlar xodimlari haqidagi fikrida sobit qolayotgandek. 

Madaniyat vazirligi IIV xodimlarini haqoratlagan Yulduz Usmonovaga dakki berdi

Toshkentda karantin 2 kundan keyin tugashi haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi

Yulduz Usmonova IIV xodimlarini "pryamoy efirda" haqoratladi

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Fikr qoldiring