Yoshlarga xorijiy tillarni o`rganishi uchun subsidiya beriladi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan “Yoshlar daftari”ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga ko`ra, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga yordam turlari ko`rsatiladi. Moddiy ahvoli og`ir yoshlarga bir martalik moddiy yordam (BHMning 4 baravarigacha) beriladi. Yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o`qitish uchun sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismi (bir oygacha BHMning 4, bir oydan ikki oygacha BHMning 8, ikki oydan ortiq muddatli o`quv kurslari uchun BHMning 12 baravaridan ko`p bo`lmagan qismi) qoplab beriladi. 

 
 

Tadbirkor yoki o`zini o`zi band qilgan shaxs sifatida ro`yxatdan o`tgan yoshlarga faoliyatini amalga oshirayotgan noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda 30 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha bo`lgan qismi qoplab beriladi. 

Реклама на Unews

Respublikadagi professional ta`lim tashkilotlarida o`qiyotgan, shuningdek, O`zbekistondagi barcha oliy ta`lim tashkilotlarida bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida, magistraturaning kunduzgi yo`nalishida ta`lim olayotgan o`quvchi-talabalarga to`lov-kontrakt asosida o`qish bo`yicha yillik xarajatlarinnig bir qismi qoplab beriladi. 

Yoshlarga ta`lim, madaniyat va san`at, sport, axborot texnologiyalar sohasi va fanlarni o`qitishga ixtisoslashgan nodavlat ta`lim tashkilotining 3 oy muddatgacha noturar joy ijara xarajatlari uchun BHMning 50 baravarigacha miqdorda qoplab beriladi. 

Nikohi qayd etilganiga 3 yildan oshmagan yoshlarga yakka tartibdagi o`z xonadonida qo`shimcha uy-joy qurish uchun 33 million so`mgacha garovsiz kredit ajratiladi. 

Реклама на Unews

Nizomga ko`ra, yoshlarga subsidiyalar ajratiladi. Ya`ni 0,1 gektardan 1 gektargacha er maydoni ajratilgan yoshlarga urug`lik va ko`chatlar xarid qilish uchun BHMning 8 baravarigacha, tadbirkorlik yoki o`zini o`zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo`lgan yoshlarga asbob-uskuna yoki mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHMning 40 baravarigacha subsidiya ajratiladi. 

Shuningdek, yoshlarga zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini o`rganishi va ularni xorijiy tillarga o`qitish bo`yicha 6 oygacha muddatli o`quv kurslari uchun har oyda BHMning 4 baravarigacha, yoshlarning ilm-fan, sport, san`at va madaniyat yo`nalishlaridagi 6 oygacha muddatli o`quv kurslari uchun har oyda BHMning 1 baravarigacha subsidiya beriladi. 

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan bemor yoshlarga mamlakatda yoki xorijiy davlatlarda davolanish bilan bog`liq xarajatlarni qoplash uchun BHMning 50 baravarigacha, ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga 12 oygacha turar joy uchun ijara kompensasiyasi har oyda BHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda subsidiya ajratilishi belgilangan. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring