“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga bir martalik moddiy yordam ko`rsatiladi

“Yoshlarni ijtimoiy qo`llab-quvvatlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni qo`llab-quvvatlash jamg`armasi to`g`risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.  

Nizomga ko`ra, “Yoshlar daftari” jamg`armasi mablag`lari, jumladan, quyidagilarga yo`naltiriladi:

Реклама на Unews

➖ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan moddiy ahvoli qiyin yoshlarga BHMning 4 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam ko`rsatishga;

➖ yoshlarni tadbirkorlik va kasb-hunarga o`qitish bo`yicha nodavlat ta`lim tashkilotlariga sarflanadigan xarajatlarning 75 foizigacha qismini qoplashga;

➖ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyati hamda o`zini o`zi band qilish maqsadida noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarini ko`pi bilan bir yilda BHMning 25 baravarigacha miqdorda qoplashga;

Реклама на Unews

➖ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o`zini o`zi band qilishga zarur bo`lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilish uchun BHMning 40 baravarigacha miqdorda subsidiya ajratishga;

➖ mamlakatimizdagi OTMda o`qiyotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari to`lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to`lab berishga;

➖ “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning ahvoli og`ir bo`lgan bemor farzandlariga mamlakatda yoki xorijiy davlatda davolanish bilan bog`liq xarajatlarni BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplashga.

Jamg`arma mablag`larini shakllantirish, boshqarish va ulardan foydalanish maqsadida manfaatdor muassasalar rahbarlari va jamoatchilik vakillaridan iborat tarkibda Vasiylik kengashi tuziladi.

Vasiylik kengashi raisi har chorakda Jamg`arma daromadlari va xarajatlari ijrosi to`g`risida xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga hisobot beradi.  

Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo`limi Jamg`armaning ishchi organi hisoblanadi.  

Jamg`armaning joriy yilda foydalanilmay qolgan mablag`lari keyingi yilga o`tadi va tuman (shahar) mahalliy byudjetiga olib qo`yilmaydi. 

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring