Yosh olim YTHda halok bo‘ldi

Yosh olim, biologiya fanlari doktori Sanjar Sherimbetov Orolga ekspeditsiya paytida avtohalokat natijasida vafot etgan. Bu haqda uning do‘sti Rustam Ashurov xabar berdi.

«Ertalabdan noxush xabar. Yaqin do‘stimiz, olim inson, biologiya fanlari doktori Sherimbetov Sanjar Gulmirzoyevich Orolga ekspeditsiya paytida avtohalokat natijasida vafot etdi. Sanjar juda xushchaqchaq va samimiy inson sifatida yaqinlarining yodida qoladi», deb yozgan Ashurov.

Ayni paytda ko‘plab olimlar Orolbo‘yi hududlarida tajribalar o‘tkazmoqda.

Реклама на Unews

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilda yosh jurnalist Said Maxsumov ham xizmat safari chog‘ida YTH qurboni bo‘lgandi.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring