"Yo`qolsin kalamushlar". Bo`kadagi mehribonlik uyidagi vaziyatga oydinlik kiritildi

2020 yil 30 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Bo`ka tumani 15-sonli mehribonlik uyidagi  “Yo`qolsin kalamushlar” mavzusida videotasvir yuzasidan Toshkent viloyat XTB munosabat bildirdi.

«Ushbu holat Toshkent viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi, viloyati xalq ta`limi boshqarmasi mas`ul xodimlari, Bo`ka tumani hokimligi, jamoatchilik vakillari tomonidan joriy yilning

31 dekabr kuni joyiga chiqqan holda o`rganildi.

Реклама на Unews

O`rganish natijasida quyidagilar aniqlandi: mazkur videotasvirdagi holat Bo`ka tumanidagi 15-sonli mehribonlik uyida 2020 yil 14 dekabrda direktor vazifasini vaqtincha bajarish vazifasi yuklatilgan Abdurasul Akmalovni vazifasidan ozod qilish bo`yicha Toshkent viloyati xalq ta`limi boshqarmasining buyrug`i bilan mehribonlik uyi jamoasi tanishtirilayotgan vaqtda joriy yilning 24 dekabr kuni ro`y bergan.

Ushbu videotasvir “bizga boshqa rahbar kerak emas” deb Abdurasul Akmalovning direktor vazifasiga qaytishini so`rayotgan texnik xodimlar tomonidan suratga olingan.

A.Akmalov direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimidan ozod qilish haqida yozgan o`z arizasiga ko`ra Toshkent viloyati xalq ta`limi boshqarmasi tomonidan 2020 yil 23 dekabr kuni vazifasidan ozod qilingan.

Реклама на Unews

Shuningdek, Abdurasul Akmalov 2013-2016 yillarda mazkur mehribonlik uyi direktori vazifasida faoliyat olib borganligi hamda rahbarlik faoliyati davomida moliyaviy kamchiliklarga yo`l qo`yganligi sababli 2017 yilda Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent viloyati Bekobod shahar sudining hukmiga ko`ra aybdor deb topilganligi ma`lum bo`ldi.

Mehribonlik uyida 137 nafar bolalar tarbiyalanmoqda.

2020 yil 31 dekabr kuni homiylar tomonidan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga sovg`alar berilib, bayram dasturxoni tashkil etildi.

Bugungi kunda mehribonlik uyi direktori vazifasini vaqtincha bajarish Bo`ka tumani xalq ta`limi bo`limi bolalarni ijtimoiy himoya qilish bo`yicha mutaxassis U.Urunovaga yuklatilgan.

Toshkent viloyati halq ta`limi boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruhi tomonidan muassasaning ta`lim-tarbiya jarayoni, tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoit, pedagogik jamoa orasidagi muhit o`rganilmoqda. O`rganish natijalari yuzasidan qo`shimcha ravishda ma`lumot beriladi»,- deyiladi munosabatda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring