Yomg‘ir va momoqaldiroq ertaga ham davom etishi mumkin. Ammo hamma joyda emas

O‘zgidromet tomonidan bugun, 13 may soat 20.00dan, ertaga 14 may soat 20.00gacha bo‘lishi kutilayotgan ob-havo ma’lumoti berildi. Unga ko‘ra ertaga ham yurtimizda bahoriy beqaror holat qayd etilishi kutilmoqda. Bu haqida  "Xabar.uz" nashri xabar bermoqda.

TOShKENT ShAHRI 
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Yomg‘ir kuchayishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 16-18°, kunduzi 18-20° bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON, XORAZM VILOYaTI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

Реклама на Unews

BUXORO VA NAVOIY VILOYaTLARI
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 22-27° bo‘ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 18-23°, ba’zi joylarda 25° gacha bo‘ladi.

QAShQADARYo VA SURXONDARYo VILOYaTLARI
Havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 23-28° bo‘ladi.

Реклама на Unews

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYaTLARI
Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7-12°, kunduzi 10-15° bo‘ladi.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring