Yetti hududda 215 kishi koronavirus yuqtirdi

2020-yil 25-sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 54 181 (+215) nafarni tashkil etmoqda, deb yozmoqda "Xabar.uz" nashri.

Yangi kasallanish holatlarining 163 nafari Toshkent shahrida, 16 nafari Samarqand viloyatida, 9 nafardan Qashqadaryo va Andijon viloyatlarida, 8 nafari Toshkent viloyatida, 6 nafari Xorazm viloyatida hamda 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida tana harorati ko‘tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Реклама на Unews

Ayni paytda yurtimizda 50 441 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 3 292 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Bu ka'bi muhim xabar va yangiliklar bilan Telegram kanalimizda  birinchilardan ta'nishib boring!

Реклама на Unews

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring