Yerevan tinchlikni xohlamaydi va ikkiyuzlmachalikda davom etmoqda – Baku

Ozarbayjon tomoni Armanistonning har qanday provokatsiyasiga qarshi xalqaro huquq doirasida barcha zarur choralarni ko‘radi. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Oyxon Hojizodaning Armaniston Tashqi ishlar vazirligining 16 martdagi bayonotlariga munosabati bilan bergan izohida aytiladi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Armaniston 30 yillik bosqinchilik davrida Ozarbayjonning yuzlab shahar va qishloqlarini, tarixiy va diniy yodgorliklarini qasddan vayron qilgan, tabiiy boyliklarni talon-taroj qilgan, 4000 ga yaqin fuqarolarining bedarak yo‘qolganiga aybdor bo‘lgan Armaniston, qo‘shni davlat hududidan Qurolli kuchlarni to‘liq olib chiqib ketishdan bosh tortgan holda, Ozarbayjon hududlarida minalarni joylashtirishni davom ettirmoqda.

Hojizodaning ta’kidlashicha, Yerevan Zangezur yo‘lagi ochilishiga to‘sqinlik qilib, ozarbayjon aholisiga qarshi etnik tozalashni amalga oshirib, G‘arbiy Ozarbayjon hamjamiyatining o‘z ona yurtlariga xavfsiz va munosib tarzda qaytish talabini “hududiy da’vo” va “tajovuzga tayyorgarlik” sifatida ko‘rsatishga mutlaqo asossiz harakat qilmoqda. 

Реклама на Unews

Qolaversa, arman tomoni ikkiyuzlamachilik bilan G‘arbiy Ozarbayjon iborasini qo‘llashni xalqaro huquqning buzilishi sifatida ko‘rsatishga urinmoqda. 

“Ozarbayjon o‘z hududida yashovchi arman aholisini reintegratsiya qilish choralarini ko‘ra boshladi. Baku armanistonliklar bilan muloqotda va navbatdagi uchrashuvni o‘tkazishni taklif qilgan. Arman tomoni, aksincha, G‘arbiy Ozarbayjon hamjamiyatining muloqot taklifini qat’iyan rad etadi. Bu Armaniston mintaqada tinchlik va barqarorlikdan manfaatdor emasligi va ikkiyuzlamachilik siyosatini davom ettirayotganidan dalolat beradi. Ozarbayjon tomoni Armanistonning har qanday provokatsiyasiga qarshi xalqaro huquq doirasida barcha zarur choralarni ko‘radi”, deb ishontirdi diplomat.

Eng qaynoq xabarlar bilan TELEGRAM kanalda birinchilarda xabardor bo'ling.


Fikr qoldiring